Men 5.0 IELTS xalqaro malaka sertifikatiga egaman, tayanch doktoranturaga topshirsam chet tili imtihonidan ozod etilamanmi?

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi. (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 22-band).