Samarqand davlat universiteti va Sudo madaniy meros instituti (Koreya) o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi…

Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori, professor Akmal Axatov YUNESKO tashkilotining Koreyadagi vakili Youngsoo Bahn, YUNESKO merosni hujjatlashtirish xalqaro markazi direktori Le Seungcheol va Koreyaning Sudo madaniy meros instituti direktori Oh Kyongtaek bilan zoom platformasi orqali muloqot olib bordi.
Bundan asosiy maqsad, yuqoridagi tashkilotlar Samarqand madaniy meros tarixini o’rganishda SamDU bilan hamkorlik qilish, Koreyaning Sudo madaniy meros instituti bilan akademik almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yishdir.
Shuningdek, Samarqand davlat universitetidagi Koreya madaniyat markazini rivojlantirishda Sudo madaniy meros instituti qo’llab-quvvatlash masalalari ko’rildi. Endilikda bu hamkorlikni mustahkamlash uchun memorandum imzolanishi rejalashtirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati