Samarqand davlat universitetiga Kanadaning Nyu-Bransuik universiteti professori Vohid O’rinov tashrif buyurib, universitetning professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati uyushtirdi.

    Tadbir boshida professor Vohid O’rinov Kanada ta’lim tizimi, undagi yutuqlar, professor va talabalarning majburiyatlari, mustaqil ta’lim, o’qituvchining dars taqsimotlari va talabaning hayot tarzi to’g’risida batafsil ma’lumotlarni aytib o’tdi. Shuningdek O’zbekiston va Kanada ta’lim tizimidagi farqlar muhokama qilinib, undagi yutuq va kamchiliklarni asoslab berdi.

    Tadbir bahs-munozaraga boy bo’lib, kerakli tavsiyalar taqdimot asosida  yoritib berildi.

    - O’zbekiston ta’lim tizimida so’nggi yillarda tub o’zgarishlar bo’layotganligi hech kimga sir emas, lekin bartaraf etish kerak bo’lgan kamchiliklarimiz yetarli, -deydi professor Vohid O’rinov. – Talabaning mustaqil o’qishi, izlanishi uchun barcha sharoitlarni avvalo universitetning o’zida yaratishimiz lozim. Kredit-modul tizimi, mustaqil ta’lim, amaliyotdan talaba oqilona foydalansagina maqsadimizga erishgan bo’lamiz…   

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati