Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Kamoliddin G’aniyev, Flora Kabulova, Marhabo Kuliyevalarning tug’ilgan kuni.
O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Kamoliddin G’aniyev Namangan shahrida tug’ilgan. 75 yoshni qarshi olgan olim 53 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Flora Kabulova Samarqand shahrida tug’ilgan. 67 yoshini nishonlayotgan olim, 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Optika kafedrasi dotsenti Marhabo Kuliyeva Samarqand shahrida tug’ilgan. 59 yoshini nishonlayotgan olim, 41 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi