Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi Nilufar Omonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishi bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi... 


    Yosh tadbirkor biznes faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan va barchaga namuna bo‘layotgan eng kuchli va faol 100 nafar tadbirkorlarning biri bo‘ldi. 
    -Muhtaram Prezidentimiz Farmoyishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan, o‘z sohasi bo‘yicha yangi innovasiyalarni joriy etishda ko‘rsatgan faolligi uchun taqdirlangan 100 nafar tadbirkor orasida mening ham borligim ulkan baxt, - deydi Nilufar Omonova. - Yosh tadbirkor sifatida o‘z biznes yo‘limning boshida turgan bo‘lishimga qaramasdan, menga bildirilgan bu ishonch va e’tirof yangi maqsadlarim va yuksak marralar sari dadil harakatni davom ettirishimda kuch beradi. Men bu ishonchni oqlashga va yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda munosib hissamni qo‘shishga hamisha harakat qilaman. 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.