Samarqand davlat universitetida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Toshpo’latov ishtirokida davra suhbati uyushtirildi.

    Ushbu tadbirda Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha prorektorlari ishtirok etib, 2022-2023-o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga so’rovnamalar tarqatilib, kredit-modul tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berish takliflari ilgari surildi…

    - Har bir oliy ta’lim o’zining vaziyatidan kelib chiqib, yuqori darajada yangi o’quv yiliga tayyorlanishi kerak, - deydi Akrom Toshpo’latov. – Oldinda qilishimiz kerak bo’lgan vazifalar ko’p. Lekin biz talaba uchun yetarli sharoitlarni yaratib berish va ularning sifatli ta’lim olishi uchun javobgarmiz…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat  AKRAMOV olgan suratlar