Samarqand davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Dong-A universiteti prezidenti, professor Hae Woo Leeboshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, magistratura va doktorantura ixtisosligi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirishdir.

    - Janubiy Koreyaning Dong-A universiteti 1946 yilda tashkil topgan. Mazkur universitetda 58 fakultet mavjud bo‘lib, yigirma ming talaba tahsil oladi, deydi, - professor Hae Voo Lee. – Dong-A universiteti texnologiya, aniq, gumanitar, liberal fanlar, arxeologiya, muhandislik, tibbiyot, sport, inson resurslarini boshqarish, molekulyar biologiya, IT, sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosan magistratura va doktorantura ixtisosligi bo‘yicha  kadrlar tayyorlaydi. Bugungi tashrifimiz har ikkala universitet uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.  Samarqand davlat universiteti bilan doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni asosiy maqsad qilganmiz. SamDU maʼmuriyati yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura, doktoranturada o‘qish istagida bo‘lganlarni tavsiya qilsa, amaliy hamkorlikka  tayyormiz…

    Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor Dilfuza Jo‘raqulova tomonidan arxeologiya sohasida ham hamkorlikni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, Koreyada olib boriladigan arxeolgik qazishmalarda Samarqand davlat universitetining arxeologlari ishtirok etishi hamda sohaga oid darslik va adabiyotlar almashinuvi kerakligi taʼkidlandi. Bunga javoban, professor Hae Woo LeeDong-A universiteti arxeologlari Koreyaning eng yaxshi soha mutaxassislari deb eʼtirof etilganligini va bu taklifni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzilishini bildirdi.

    Tadbir yakunida mehmonlar Samarqand davlat universiteti xalqaro taʼlim dasturlari fakultetidagi 2+2 taʼlim dasturi bo‘yicha o‘qishini Koreyaga davom ettiradigan talabalar bilan suhbatlashib, Koreya madaniyat markazi bilan tanishdi. Shuningdek,  hamkorlik memorandumi imzolandi.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.