Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi Fransiyada o‘zbek madaniy merosini namoyish qilmoqda…

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi Zarifa Eshmurodova ayni vaqtda Fransiyaning Klermong Overn universitetidagi CAVILAM – Ommaviy axborot vositalari va tilni amaliy yondashuv asosida o‘rganish markazida tashkil etilgan stajirovka dasturida ishtirok etmoqda. Tadqiqotchi stajirovka mashg’ulotlaridan tashqari, universitetda tashkil qilingan turli xil seminar-trening va debatlarda ham ishtirok etmoqda. Jumladan, “Mamlakatingizda YUNESCO tasarrufiga kiritilishi mumkin va zarur bo‘lgan madaniy merosni ko‘rsating” nomli seminar-treningda faol qatnashib, PhD dissetratsiya tadqiqotiga bevosita taalluqli bo‘lgan o‘zbek milliy beshigini 120 kishilik turli millat vakillariga taqdimot qildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati