Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasi yod etildi…

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov, hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Qurʼon tilovat qilindi.
Islom Karimovning davlatimiz oldidagi buyuk xizmatlari, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.
Shundan so‘ng Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati…