“Umumiy kelajak uchun Xitoydan yordam”...

Samarqandga Xitoydan ana shunday yozuv bitilgan avtobus va mikroavtobus keltirildi.
Samarqandda o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan mezbon davlat – O‘zbekistonga 2 ta zamonaviy avtobus va 40 ta mikroavtobus sovg‘a qilindi.
Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining sovg‘asi sifatida “Yutong” zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan yangi avtobuslarni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev qabul qilib oldi.
Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgani, bu transport vositalari nufuzli sammitni yuksak saviyada o‘tkazishga yordam berishi ta’kidlandi.
Uza.uz dan olindi.