Samarqand davlat universiteti rektori va Faxriylar kengashi tashabbusi bilan universitetning bir guruh faxriy professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun Samarqand “Xalqaro turizm markazi”ning “Boqiy shahar majmuasi”ga sayohat tashkil qilindi.

    Faxriylar “Boqiy shahar” tarixiy majmuasida joylashgan rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori va milliy kiyimlar galereyalarida bo‘ldilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.