Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

    Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.