Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida “Germaniya universitetlari haftaligi” doirasida seminar darsi o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida “Nemis universitetlari haftaligi” doirasida “O’zbekiston tarixi nemis tarixchilari nigohida” mavzusi bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.
Unda Germaniyadan tashrif buyurgan Berlin universiteti (Freie Universität Berlin) Sharqiy Yevropa ofisi direktori Tobias Styudemann va professor Robert Kindler ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Xorijlik mutaxassislar Berlin universitetining o’qish tizimi, yaratilgan sharoitlar bo’yicha batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Mehmonlar tarix fakulteti dekani, professor Dilfuza Jo’raqulova bilan suhbatlashib, hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.