“Bargi xazon gullar yoxud erta turmushning salbiy oqibatlari”
Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda “Bargi xazon gullar yoxud erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva kirish so‘z bilan ochdi. Shundan so‘ng Samarqand shahar 4-son FHDYO bo‘limi mudirasi Gulandom Ibragimova so‘zga chiqib, qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh masalalarining salbiy oqibatlari haqida fikr bildirib, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’ruza qildi. Shahar ko‘p tarmoqli poliklinika shifokori Klara Usmonovaning erta nikoh, erta tug‘ruq va turmushning salbiy oqibatlari haqidagi mulohazalari tinglovchilar uchun nihoyatda foydali bo‘ldi.
Shunigdek, tadbir davomida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalarining mavzuga oid badiiy chiqishlari namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.