Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi "Discovery of novel (E)-1-methyl-9-(3-methylbenzylidene)-6,7,8,9-tetrahydropyrazolo[3,4-d]pyrido[1,2-a]pyrimidin-4(1H)-one as DDR2 kinase inhibitor: Synthesis, molecular docking, and anticancer properties" nomli ilmiy maqolasi Scopus, SCI (Web of Science) va PubMed kabi ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi "Bioorganic Chemistry" jurnalida [Q1, Impact Factor = 5.3, CiteScore = 7.1 Elsevier, Amsterdam, Netherlands] chop qilindi.

    Maqola yangi sintez qilingan PP562 shifrli pirazol moddaning sintezi, uning 100 xil kinaza fermentlari ingibirlash xususiyatlari, inson oshqozoni raki (HGC-27 hujayrasi) hujayrasiga qarshi selektiv faolligi, molekulyar doking tahlili va HGC-27 saraton hujayrasiga qarshi faolligining chuqur ta’sir mexanizmlarini aniqlashga bag’ishlangan. 

    Maqola Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ilmiy loyiha rahbari Xurshid Bozorov. Loyiha maslahatchisi professor Haji Akber Aisa. 

    Batafsil: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0045206823001669