Samarqand davlat universitetida “Global o‘zgarishlar davrida yoshlar ongida qadriyatiy dunyoqarash shakllanishining milliy va umuminsoniy muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

    Anjuman O’zMU, Belorus Milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Belorus Falsafa instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Xalqaro konferensiya “Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” mavzusidagi xalqaro fundamental loyiha doirasida tashkil etildi.

    Gibrid shaklida o’tkazilgan konferensiya jamiyat ijtimoiy tuzilishining dolzarb masalalari, xususan, yoshlar ongida qadriyatiy dunyoqarashni shakllantirishning milliy va umuminsoniy muammolariga bag‘ishlangan.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.