Samarqand davlat universitetida vazir o’rinbosari sayyor qabul o’tkazdi…
Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Shaxloxon Turdikulova boshchiligida sayyor qabul o’tkazildi. Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari, bitiruvchi va abituriyentlar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda magistraturaga kirish, chet tili sertifikatining ahamiyati, xalqaro grantlarga ega bo’lish, ilmiy loyihalar ishlab chiqish, xorijiy stajirovkalarga yuborish, nufuzli jurnallarda maqolalar chiqarish kabi masalalar muhokama qilinib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Shaxloxon Turdikulova SamDU tarkibidagi Muhandislik fizikasi va Biokimyo institutlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi ilmiy laboratoriyani ko’zdan kechirib, tadqiqotchilar uchun yaxshi imkoniyatlar yaratliganligini alohida ta’kidladi….
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.