O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylov jarayonlarini kuzatish maqsadida AQSH ning Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster Samarqandda bo‘ldi. Xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan martabali mehmon boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov bilan uchrashdi.

    Yig‘ilishda tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, taʼlim sohasiga oid grand loyihalar ustida ish olib borish, ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Muloqot chog‘ida psixologiya, biologiya, ekologiya, fizika, matematika kabi qator yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Shuningdek, biologiya sohasida tajriba almashish maqsadida tomonlar malakali mutaxassislarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha kelishildi. Bundan tashqari SamDUda Vebster universiteti bilan hamkorlikda psixologiya ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ushbu markazning asosiy vazifasi O‘zbekistonda olib borilayotgan reformalarni psixologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.

    Qolaversa, ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha SamDU va Vebster universiteti olimlari ilmiy izlanishlar olib borish, to‘plangan tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati

Shavkat Akramov olgan suratlar.