Samarqand davlat universitetida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov ilm-fanda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, xalqaro miqyosda universitet shon-shuhratini yuksalishiga, taʼlim-tarbiya sifatini yana-da yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan bir guruh olimlarga Faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirdi.
Bayram tantanalarida shuningdek, 420 nafar professor-o‘qituvchiga pul mukofoti ajratilganligi eʼlon qilindi.
Ustozlar bayrami pedagogika taʼlimi fakulteti o‘qituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.