Samarqand davlat universiteti olimlari xalqaro grant sohibi bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb etish bo’limi boshlig’i, PhD Zarifa Eshmurodova va Biokimyo instituti doktoranti Alisher Aslanovlar Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasining “STEM fanlarini fransuz tilida o’qitish” granti sohibi bo’ldilar.
Mazkur olimlar xalqaro grant doirasida 16-28-oktabr kunlari Fransiyaning Klermong Overn universitetning (Université de Clermont Auverne) CAVILAM til markazida malaka oshiradilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.