"Faxriyorning poetik uslubi va badiiy mahorati”…
Samarqand davlat universitetida mazkur mavzuda adabiy anjuman o'tkazildi.
Anjumanda yozuvchi Murod Muhammad Do'st, shoir Aziz Said, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo’ldoshev, yozuvchi Nazar Eshonqul, Ipak yoʻli Turizm va Madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor Jo’liboy Eltazarov, taniqli rejissyor Jahongir Qosimov va boshqa ijodkorlar ishtirok etdi.
Adabiy anjumanni Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Rustam Yo’ldoshev kirish so’z bilan ochdi.
Adabiyot ixlosmandlari yig’ilgan uchrashuv qizg’in tarzda o’tib, tashrif buyurgan mehmonlar shoir Faxriyorning hayoti va ijodi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, shoirning she’rlari o’qib eshittirildi.
- Bugungi uchrashuv menga o’zgacha bir ilhom bag’ishladi - deydi SamDU filologiya fakulteti talabasi Mushtariybegim Ismoilova. – Mazkur anjuman rasmiyatchilikdan holi bo’lib, vaqt qanday o’tgani bilinmadi. Faxriyor o’zbek adabiyotining modernizm shaklida ijod qiluvchi yetakchi shoirlardan hisoblanadi. Murod Muhammad Do’st ta’kidlaganidek “Faxriyor qora so’zni mehnat bilan oqartirgan shoir. Umr bo’yi o’zini to’g’riligiga, halolligiga sodiq qolgan insondir.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.