Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Xitoydagi yirik farmatsevtika korxonasi faoliyati bilan tanishdi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoyning “Xinjiang Uygur Pharmaceutical Co., Ltd.” nomli dori vositalari ishlab chiqarish kompaniyasida bo’ldi. Kompaniya direktori Yin Hailong bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Mazkur korxonaning dori vositalari Shinjon fizika va kimyo texnika institutidagi olimlarning tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqiladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.