Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida “OTA-ONALAR KONGRESSI” o’tkazildi…
Kongress ota-onalarning Samarqand davlat universiteti faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor Ahmadjon Soliyev, rektor maslahatchisi Islom Rustamov, fakultet dekani, professor Azamat Pardayev va ota-onalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlarning psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.
Samarqand davlat universteti
Axborot ximati.