Samarqand davlat universiteti Islandiyaning xalqaro markazi bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Islandiyaning yerlarni qayta tiklash xalqaro dasturi GRO LRT direktori Sjofn Vilhelmsdottir va tuproqlarni muhofaza qilish markazi bo'lim boshlig'i Bryndis Marteinsdottirlarni qabul qildi.
Uchrashuvda YUNESKO shafeligida Samarqand davlat universitetida yerlarni qayta tiklash, yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va innovatsion agrotexnologiyalar markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
- Samarqandga ilk bor kelishim. Go’zal shahar, menda yaxshi taassurot qoldirdi, - deydi Sjofn Vilhelmsdottir. – Islandiya kitobsevar xalq. Lekin birorta binosini kitobga o’xshamaydi. Samarqand xalqaro aeroportining kitob shaklida qurilishi meni hayratga soldi… Samarqand davlat universitetidagi bunyodkorlik ishlarini ko’rib quvondim, o’qituvchi va talabalariga havas qildim. Ilmiy muhit shakllangan bir qator markazlarga egaligi tahsinga sazovor. SamDU da oziq-ovqat xavfsizligiga oid konferensiyada ham ishtirok etdim. Anjuman yuqori kayfiyatda o’tdi. Bu xorijlik taniqli olimlar tomonidan ham e’tirof etildi. Bugungi uchrashuvimiz manfaatli bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati