Samarqand davlat universiteti va Koreyaning “Songbusan Global stipendiya” jamg’armasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi...
Samarqand davlat universitetiga Koreyaning “Songbusan Global stipendiya” jamg’armasi direktori Songbusan xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov uchrashdi.
Mazkur xalqaro jamg’armaning asosiy vazifasi ta’limni qo’llab quvvatlash va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishdir.
Uchrashuvda tomonlar o’rtasida hamkorlik memorandum imzolandi. Shuningdek, xalqaro jamg’arma tomonidan Samarqand davlat universitetining 3 nafar iqtidorli talabalariga stipendiya berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.