Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti olimlari Samarqand davlat universitetida bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetiga Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti professor-o'qituvchilari tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor Ahmadjon Soliyev uchrashdi. Tashrifda ikki tomonlama aloqalar va sun'iy intellekt sohasida tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelajakda o’quv va ilmiy ishlarda hamkorlik qilish bo’yicha fikr yuritildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.