Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi…
Samarqand davlat universitetida “ZARMED PRATIKSHA” kompaniyasi ta’sischisi, “Do’stlik” ordeni sohibi Dilshod Shukurlayev bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad yoshlarni kasbga va tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Tadbirda Dilshod Shukurlayev o’zining hayoti, erishgan muvaffaqiyatlari, tadbirkorlik sirlari va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida alohida to’xtaldi.
Shuningdek savollarga atroflicha javob berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.