Samarqand davlat universiteti Vengriyaning Karoli Gaspar universiteti bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universitetiga Vengriyaning Karoli Gaspar universiteti rektori, Yevropa parlamaneti a’zosi, Vengriya huquqshunoslari assosiatsiyasi raisi Lazlo Trochani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonga Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja hamrohlik qildi.
Delegatsiya a’zolari bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashuv o‘tkazadi.
Muloqotda tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.