Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda ikki davlatning ilm-fani, tarixi, madaniyati, hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Farmoniga binoan Samarqand davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi professori Sadri Sa’diyev “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan edi. Uchrashuv davomida shu mukofot o’z egasiga topshirildi.

    Abdujabbor Rahmonzoda Aziz o’qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan Samarqand davlat universiteti professorlari Jo’liboy Eltazarov, Jumaqul Hamroyev hamda yozuvchi Asliddin Qamarzodalarni Faxriy yorliq bilan taqdirladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.