Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi…

    Tadbir avvalida ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan institutda bo‘lishdi. O‘quv jarayonlari, kutubxonalar, oshxona, institut kampusi faoliyati bilan tanishdi.           

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov g‘oyasi asosida yaratilgan film ota-onalar eʼtiboriga havola qilindi. Filmda oddiy oiladan chiqib, bilim, taʼlim olish orqali yuqori natijalarga erishgan qahramonlarning hayot yo‘li aks ettirilgan.  

    “O‘zingizga ishoning! Siz ular kabi kuchlisiz. Bilim egallang. Umidsizlikka tushmang. Faqat oldinga, faqat olg‘a…” shiori asosida tayyorlangan mazkur film tadbir ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev, rektor maslahatchisi Islom Rustamovlar so’zga chiqib, ota-onalar bilan muloqot qildi. Universitetda o’qitish va baholash tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi. Chet tillarini puxta o’rganish lozimligini ta’kidlab, ota-onalarni doimiy hamkorlikka chorladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.