Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda Xitoyda qo‘shma laboratoriya tashkil etildi…
Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Changchun politexnika universitetida bo‘ldi.
Tashrifdan asosiy maqsad Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Changchun politexnika universitetida tribologiya va nanotexnologiyalar bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etildi.
Shuningdek, ilm-fan, o‘quv-uslubiy, xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida Samarqand davlat universitetida ham tribologiya va nanotexnologiyalar bo‘yicha qo‘shma laboratoriyaning filiali tashkil etilishi muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari Changchun politexnika universiteti muzeyi va Xitoy nanotexnologiyalari xalqaro markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.