Samarqanddan Germaniyagacha…
Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti tadqiqotchisi Doston Bahriyev ilmiy-tadqiqot ishini Germaniyaning Greifswald universiteti hamda Michael Zukkov fondida davom ettirmoqda.
Doston Bahriyev ushbu “Marion Dönhoff Fellowship” grantini qo’lga kiritib, Germaniyada tadqiqot olib bormoqda.
Tadqiqotchining mavzusi Zarafshon daryosi toʻqay ekotizimlarining hozirgi holatini baholashning mezonlarini ishlab chiqishga bag’ishlangan.
Michael Zukkov fondining “Himoyalangan hududlar va biosfera” guruhi mutaxassisi Rustam Murzahanov va Greifswald universiteti professori Rahmatilla Egamberdiyev, SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizli instituti direktori Toshpo’lot Rajabovlar mazkur ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik qilmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.