Anjuman Xitoyning Sian Jiatoung universiteti, Rossiyaning Tomsk hamda Buyuk Pyotr nomidagi Politexnika universiteti, Janubiy Koreyaning Yongnam universiteti, Yaponiyaning Soka universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros kabi universitetlardan 50 dan ziyod olimlar ishtirok etdi.

    Konferensiyani o’tkazishdan asosiy maqsad inson resurslaridan samarali foydalanish va inson omilini tadqiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nazariyasi, tajribalari, dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdir. Shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy va innovatsion metodlarni qo‘llashning ahamiyati, iqtidorli yosh olimlarni inson resurslaridan samarali foydalanish muhim o’rin tutdi.

    Konferensiya kun tartibidan  “O‘zbekistonda inson resurslaridan samarali foydalanishning hududiy xususiyatlari va omillari”, “Mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”, “Inson kapitalini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirishning asosiy yo‘nalishlari”, “Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida aholi bandligi darajasini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari”, “Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari” kabi mavzular o’rin oldi.

    Konferensiya to‘plamiga nashr qilingan har bir tezis Google Scholar va DSPACE bazalarida indekslanadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.