BAYRAM TABRIGI...
8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiya faqat yuridik hujjat bo‘lmasdan, balki xalqimizning umumiy maqsadlarini anglatadi. Kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaga nisbatan poydevor degan so‘z behudaga ishlatilmaydi. Davlat qurilishi, fuqarolarning barcha huquq, burch va majburiyatlari aynan konstitutsiya asosida yaratiladi, shakllanadi.
Yangi O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga ham bir yarim yildan oshdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga xalqimizning ehtiyoji juda katta bo‘lganini alohida ta’kidlashni istayman. Sababi, davlat tizimi va barcha munosabatlarimiz aynan konstitutsiyaga asoslanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganidek: “Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab, to uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda yangilangan konstitutsiyani chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi endi islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz «inson–jamiyat-davlat» degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz.”
Mening nazarimda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xalqimizning barcha xohish-istaklari umid va intilishlari o‘z ifodasini topgan.
To‘g‘risini tan olish kerak bundan 32-yil oldin qabul qilingan Konstitutsiya xalqimizning bugungi talab va istaklarini to‘laqonli ifoda etolmas edi.
Zamon o‘zgardi. Davr o‘zgardi. Davlatnining xalqning odidagi vazifalari yanada ortdi. Inson qadri, inson huquqlari, so‘z erkinligi, davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’uliyatining oshib borishi bu bor gap. Huquqiy demokratik davlatda barcha munosabatlar Konstitutsiyaga asoslanadi.
Yangi Konstitutsiyamizda birinchi marta O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi o‘z ifodasini topgan. Bu nimani anglatadi? Xalqparvarlikka, insonparvarlikka, inson qadriga bosh qomusimizda,birinchi marta alohida e’tibor berilganligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyamizda farzandlarning ota-ona oldidagi majburiyatiga ham alohida to‘xtalingan. Globallashuv davrida oila, ota-ona va bolalar o‘rtasida turli ziddiyatlar paydo bo‘layotganini ham unutishga haqqimiz yo‘q.
Agar mana shu qadriyatdan yuz o‘girsak, bu juda katta tanazzulni keltirib chiqaradi.
Mazkur muammo g‘arbdan asta-sekinlik bilan sharq tomon o‘rmalayotganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Shundan bo‘lsa kerak, qo‘shni Qirg‘izistonda ham farzandlarni ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishi borasida qonun qabul qilindi.
Aziz do‘stlarim!
Konstitutsiya har birimizning yuragimizdan joy olishi kerak. Uni faqat qabul qilingan kunda emas, balki butun hayotimizga, faoliyatimizga munosabatlarimizga asos qilib olishimiz shart va zarurdir.
Amerikaning birinchi Prezidenti Jorj Vashington 1787-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan qasamyod marosimida:“Qo‘shma Shtatlarning Konstitutsiyasini saqlash, himoyalash va muhofaza qilish yo‘lida bor kuchimni ayamayman” deb qasamyod qiladi.
AQSH davlatining asoschisi va Konstitutsiyasining muallifi bo‘lgan bu shaxs tomonidan aytilgan fikrlar bugungi kunimizga ham hamohangdir.
Hurmatli do‘stlarim!
Konstitutsiya bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.
Hamisha Allohning panohida bo‘ling.
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.