Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi…
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovning bayram tabrigini SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev o’qib eshittirdi.
SamDU yuridik fakulteti dekani, dotsent Rahmatullo Mirzayev Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasidainson qadri, inson huquqlari, so‘z erkinligi, davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’uliyatini oshib borishi haqida alohida to‘xtaldi.
Bayram san’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchi va talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.