“Rang va chizgilardagi qo’shiq”…
Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik kafedrasi va Rossiyaning Udmurt davlat universiteti bilan hamkorlikda “Rang va chizgilardagi qo’shiq” nomli tasviriy san’at ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada Udmurt davlat universiteti magistrantlari Jaloliddin Rahmatov, Jaloliddin Ergashev, Elyor Shamsiyev va bir qator talabalarning 100 ga yaqin asarlari namoyish qilindi.
Tadbirning ochilish marosimida O’zbekiston Badiiy akademiyasi badiiy ijodkorlar uyushmasining akademigi Nuriddin Kalonov, san’atshunoslik kafedrasi mudiri Nigina Mullajonova, dotsent Jamoliddin Rahmatovlar ma’ruza qildilar.