Dolg’a…
Samarqand davlat universiteti Urgut filialida shoir Quddus Asadning “Dolg’a” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Anjumanda “Samarqandim” jurnali Bosh muharriri Farrux Hamroyev, SamDU Urgut filiali direktori, professor Quvondiq Yarashev, Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʼlimi raisi Toshpo’lot Tugalov, shoirning yaqinlari, talabalar ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning Quddus Asadga tabrigini Farrux Hamroyev o’qib eshittirdi.
So’zga chiqqanlar shoir va uning she’rlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
“Dolg’a” she’riy kitobi O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida nashr etilgan. Kitobda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukurning so’z boshisi yozilgan:
- Sheriyatimizga guras-guras yosh shoirlar kirib kelayotgani ko’zni quvontiradi. Keyingi yillarda she’rning yangi to’lqini paydo bo’ldi. Men bir guruh yosh shoirlarimizning otashin chiqishlarini, mardona intilishlarini, alangali hayajonlarini zavq bilan kuzataman. Ularning har biri o’zini namoyon etishga harakat qilib, yoniq ijodiy hayajonlar bilan maydonga kirib kelmoqdalar. Shunday iqtidorli yoshlarimiz orasida Quddus Asad ham bor. Uning she’rlarida samimiyat, ko’ngil ustuvorlik qiladi…