Samarqand davlat universiteti kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
Kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi mudiri
Kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi a’zolari
Lutfillayev Maxmud Xasanovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, pedagogika fanlari doktori. 1989-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar markazining ustuvor yo’nalishlari dasturi asosida jami 8 loyihada ishtirok etmoqda. Maxmud Lutfillayev rahbarligida 60 ga yaqin multimediyali elektron darsliklar biologiya, fizika, informatika, ingliz tili fanlaridan va 40 dan ortiq virtual laboratoriyalar yaratilgan. Bundan tashqari olim tomonidan ishlab chiqilgan “Umurtqasizlar zoologiyasi” predmetidan kompyuter imitatsion modellari asosida 24 ta virtual laborotoriyalar yaratilgan va o’quv jarayonlarida foydalanilmoqda. Maxmud Lutfillayev Germaniyada chop etilgan 2 monografiya muallifi. Scopus ma’lumotlar bazasiga kiruvchi xorijiy nashrlarda 3 ta maqolasi chop etilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi e’lon qilingan ilmiy maqolalar elektron manzillari: https://www.ijitee.org/portfolio-item/l31811081219/ |
|
Axatqulov Sohobiddin Abirqulovich Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 2015-yilda “On Conjugations of Circle Homeomorphisms with Break and Critical Points” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti kompyuter ilmlari va texnologiya fanlari kafedrasida ishlab kelmoqda. Sohobiddin Axatqulov ilmiy faoliyati davomida Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 18 ta maqola e’lon qilgan. Sohobiddin Axatqulovning Scopus ва Web of Science bazalarida e’lon qilingan ilmiy maqolalari elektron manzillari: https://doi.org/10.1063/1.4980971 http://dx.doi.org/10.1088/1361-6544/aa6d94 http://dx.doi.org/10.17576/jsm-2017-4608-21 https://doi.org/10.1063/1.4995825 http://doi.org/10.12732/ijpam.v112i3.3 http://doi.org/10.1215/20088752-2019-0014 |
|
Kurbanova Shaxnoza Mavlyanovna 2018-yildan Samarqand davlat universiteti kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasida assistent lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shaxnoza Kurbanova faoliyati davomida Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 2, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarida 8 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://bit.ly/46Fs4y3 |
|
Sattorov Quvondiq Mavlonovich sattarovquvondiq@samdu.uz, quvondiqsattarov87@gmail.com 2022-yildan kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Quvondiq Sattorov ilmiy sohada bo’lakli uzluksiz differensial tenglamalar yechimlari va ta’limda axborot texnologiyalarini tadbiq etish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot olib boradi. Faoliyati davomida 2 xalqaro jurnallarda maqola va tezislar e’lon qilgan. |
|
Kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi haqida maʻlumot Kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasi 2017-yilda tashkil etilgan. Kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi – dotsent, 1 nafari falsafa doktori (DSc, matematika), 1 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Kafedrada hozirgi davrda 60610100 – kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, 60610600 – dasturiy injiniring, 60540100 – matematik injiniring, 60540100 – matematika, 60540200 – amaliy matematika, 51100700 – informatika o‘qitish metodikasi, fizika, kimyo, biologiya, geografiya kabi bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga 15 dan ortiq fanlardan dars berib kelinmoqda. |
|
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 2017-2022 yillarda 5 o‘quv qo‘llanma tayyorlangan. Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot ishi mavzusi: Jarayonlarni kompyuterli va matematik modellashtirish, taʻlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. Ushbu bosh ilmiy tadqiqot ishi mavzusi doirasida barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2017-2022-o‘quv yillarida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq maqola, respublika ilmiy jurnallarida 23 ta, xalqaro konferensiyalarida 150 ta, respublika konferensiyalarida 60 ta, oliy ta’lim muassasalari konferensiyalarida 15 ta maqola e’lon qilingan. |
|
Kafedrada optimal boshqaruv usullari masalalari sohasida (I. Isroilov, S. Ochilov, S. Otaqulov, G.D. Sobirova), dinamik tizimlarning matematik va kompyuterli modellari sohasida (I.N. Bozorov, S.A. Ahatkulov, Z.Z. Jumayev, T.Radjabov), taʻlim va tarbiyada elektron ta’lim metodlarini qo’llash sohasida (M.X. Lutfillayev, T.Ochilov, A.Omonov, F.U.Tugizboyev, Sh.Kurbanova) ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilar jamoasi O’zRFA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, TATU Samarqand filiali, Tojikiston Respubikasi Panjikent pedagogika instituti, Malayziya oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o’zaro samarali hamkorlik o’rnatgan. |
|
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar Bakalavr ta’lim yo’nalishlarida
Magistratura ta’lim yo’nalishlarida
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar