Matematik modellashtirish kafedrasi mudiri

 

 

Xo'jayorov Baxtiyor

 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: (90)-224-30-96
  •  Elektron pochta: b.khuzhayorov@mail.ru

Biografiya

1972-1985 yillar O‘rta Osiyo neft sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri;
1985-1992 yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti katta ilmiy xodimi, assistenti, dotsenti, institut ilmiy kotibi;
1992-1993 yillar Samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi dotsenti, professori;
1993-1999 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi tarkibidagi Mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy-tadqiqot instituti direktori muovini;
1999-2012 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi raisi muovini, raisi;
2012-2015 yillar Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi professori;
2015-2017 yillar Samarqand davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi professori;
2017 yildan Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi mudiri.

 

 

Kafedra haqida

Kafedra 1974 yilda tashkil etilgan bo`lib, u «Matematik mantiq va programmalashtirish» nomi bilan atalgan. Kafedraga 1974-1975 yillari dots. H.T. To`rayev kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi bo’lib, 1975-1977 yillari dots. F. Fozilov, 1977-1981 dots. H.T. To`rayev, 1981-1984 yillari  D.R. Rustamov, 1985-1992 yillari prof. I.I. Jumanov, 1993-1994 yillari dots. X.G. Ganiyev, 1994-1999 yillari prof. T.S. Safarov  va 1999 yildan 2012 yilgacha prof. H.T. To’rayev kafedra mudiri bo’lib ishlagan, 2.01.2012 dan – 27.12.2015 gacha dots. E. Urunbayev kafedra mudiri bo’lib ishladi. 2015-2016 o’quv yili boshidan “Matematik modellashtirish” va “Hisoblash usullari” kafedralari birlashtirilib “Amaliy matematika” kefedrasi tashkil etildi. 2017 yil yanvardan “Amaliy matematika va informatika” fakulteti qayta tashkil etilgandan so’ng “Amaliy matematika” kafedrasi “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash” nomi bilan faoliyatini davom ettira boshladi. Unga prof. B.X.Xo’jayorov  kafedra mudiri bo’lib ishlab kelmoqda.

Kafedrada 1980-1990 yillarda dotsentlar F.K.Axmedjanov, A.S. Sufiyanova X.G.Ganiyev, D.R.Rustamov, G.M.Porsayev, R.T.Abdukarimov va assistentlar A. Xurramov, K.A.Hakimov, A.U.Uzoqov, B.Hotamov kabilar faoliyat ko`rsatganlar. Ular tomonidan 1 ta monografiya, 8 ta o`quv qo`llanma, 10 ta uslubiy ko`rsatmalar chop etilgan. Shu davr ichida  kafedra o`qituvchilari tomonidan 1 ta fan doktori va 9 ta fan nomzodligi uchun dissirtatsylar yozildi va himoya qilindi.

Kafedra a`zolari tomonidan TATU huzuaridagi Axborot texnologiyalari ilmiy-innovatsion markaz, O’zLITIneftgaz, O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti, O`zMU, TATU, Termez DU,  Novosibirsk DU, Moskva DU, Ukraina FA Kibernetika instituti, Minsk DU bilan ilmiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Kafedra talabalari ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini o’tishni Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk, Novosibirsk, Gorkiy davlat universitetlari va Toshkent “Kibernetika” institudida o’tkazish tashkil etilgan edi va o’sha ilmiy markazlarda faoliyat ko’rsatayotgan olimlar rahbarligida diplom ishlarini bajargan. Bajarilgan diplom ishlarining ayrimlari keyinchalik nomzodlik disertasiyasiga asos bo’lib qolgan edi.

Kafedraga Rossiyaning atoqli olimlari akademiklar A.N. Tixonov, M.M.Lavrentyev, A. Dorodnitsin, O.M. Beloserkovskiy, Yu.I. Neymark, A. Semyonov, I. Kotov professorlar  N.A.Fufayev, V.B. Kudryavsev,  A. A. Zikov, I.M.Bobko, Yu. I. Juravlovlar, V. Vasiyev, V. Kasyanov va O`zbekistonning atoqli olimlari akademiklar V.Q.Qobulov, Sh.A.Alimov, M.M.Komilov, N. Satimov, T.F.Bekmuratov, T. Bo’riyev, F.B. Abutaliyev va professorlar N. Muxiddinov, R. Sa’dullayev, O. Nabiyev, Sh. Foziliv, F. Badalov, B. Kurmanbayev, M. Aripov, T.A. Valiyevlar, V. Buzurxanov, K. Bobomurodov, B. Atajanov, M. Isroilov,  Sh. Nazirov talabalarga ma`ruza, amaliyot, laboratoriya bo’yicha dars berishga va bitiruvchilarning diplom ishlariga hamda aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilishga jalb qilingan edi.

Kafedra tashkilotchiligi asosida 1987 yil sobiq Sovet ittifoqi Respublikalari va Germaniya olimlari ishtirokida “Diskret matematika”  bo’yicha xalqaro seminar o’tkazilgan. Natijada, “Amaliy matematika” fakultetini bitirgan talabalaridan Ch.B. Normurodov, M.X. Lutfullayev, B.Salimov, N.Ravshanov, O.Toshevlar fan doktorlik va 20 dan ortiq nomzodlik ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya himoya qilganlar.

“Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash” kafedrasini bitirgan talabalar hozirgi vaqtda fanning turli sohalarida, ishlab chiqarish korxonalarida, ichki ishlar va bojxona boshqarmalarida, bank tizimida, soliq inspeksiyasida, litsey, kollej va maktablarda faoliyat yuritmoqdalar.

 Hozirgi kunda kafedrada prof. B. Xo’jayorov, prof. J.Akilov, dots. E. O’rinbayev, dots. V.Burnashev, dots. Sh.Mamatov, dots. A.Boboyorov, katta o`qituvchilar I.Tursunov, B.Fayziyev, T.Jiyanov, J.Maxmudov, assistentlar U.R. Shodiyev, U.Rasulov, B.Aminovlar  faoliyat ko`rsatmoqdalar.

Kafedrada OT-F4-64 - «Birjinslimas g’ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va moddalar ko’chirilishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish» mavzusida fundamental ilmiy grant bajarilmoqda. Mavzu rahbari kafedra mudiri, prof. B.X. Xo’jayorov. Loyihada kafedra xodimlaridan Maxmudov J.M., Djiyanov T.O., Fayziyev B.M., Usmonov A.I.lar ishtirok etmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmuasi” ixtisosligi bo’yicha 4 nafar (O.Yusupov – 3 bosqich, Sh.Daliyev – 2 bosqich, J.O’runbayev – 2 bosqich, I.Rabbimov – 1 bosqich), 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo’yicha 3 nafar (O.Xaydarov – 3 bosqich, A.Usmonov – 2 bosqich, T.Begmatov – 1 bosqich), jami 7 nafar  tayanch doktorantlar faoliyat olib borishmoqda. Ularga  05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmuasi” ixtisosligi bo’yicha prof. Sh.Fozilov (TATU huzuridagi Axborot kommunikasion texnologiyalar ilmiy innovasion markazi laboratoriya mudiri), prof. N.Ravshanov (TATU huzuridagi Axborot kommunikasion texnologiyalar ilmiy innovasion markazi laboratoriya mudiri), f.-m.f.d. Z.Raxmonov (O’zMU dotsenti), 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo’yicha 3 nafar tayanch doktorantlarga kafedrasi mudiri, prof. B.Xo’jayorov ilmiy rahbar bo’lib faoliyat olib borishmoqda. Prof. B.Xo’jayorov ilmiy rahbarligida 2018 yilda 2 nafar PhD (ass.B.Fayziyev, ass. T.Djiyanov) himoya qildi va 3 nafar mustaqil tadqiqotchilarning (U.Saydullayev, Sh.Zikiryayev  – PhD, V.Burnashev - DSc) dissertasiyalari himoya uchun qabul qilindi.

Kafedra qoshida «Mantiqiy dasturlash» nomli talabalar ilmiy to`garagi faoliyat ko`rsatiyapti.  To`garakning Nizom va rejalari tuzilgan va tasdiqlangan. «Uztoz-shogird» tizimi asosida to’garakning har bir a’zosi kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilariga biriktirilgan va ularning 3-4 yilga mo’ljallangan istiqbolli rejalari tuzilib tasdiqlangan.  Ular o`zlari tanlagan  mavzular ustida ilmiy- tadqiqot ishlarini o`z rahbarlari ostida olib borishiyapti, yuzaga kelgan muammolar to`garak yig’ilishlarida olib chiqiladi.

Kafedrada  5A130202 – «Amaliy matematika va axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo`yicha magistratura faoliyat olib bormoqda. Magistrantlar kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilari rahbarligida ilmiy izlanish olib borayaptilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

1-kursda o‘tiladigan fanlar

 

2-kursda o‘tiladigan fanlar

 

3-kursda o‘tiladigan fanlar

 

4-kursda o‘tiladigan fanlar