Samarqand davlat universitetida O’zbekiston-Xitoy o’simliklar seleksiya va urug’chiligi markazi tashkil etiladi…
Samarqand davlat universitetiga Xitoyning janubiy-g’arbiy qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik universiteti vitse-prezidenti Mi Jianhua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Samarqand davlat universiteti qoshida O’zbekiston-Xitoy o’simliklar seleksiya va urug’chiligi markazini tashkil etishga kelishildi. Mazkur markazda bug’doyning qurg’oqchilik va sho’rlanishga chidamli yangi navlarini yaratilishi rejalashtirildi.
Tomonlar o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda ilmiy ishlanmalar nashr etish, tadqiqotchilarni stajirovkaga yuborishga kelishildi. Keyinchalik bug’doy navlarini sinash bo’yicha qo’shma laboratoriyalar hamda tajriba sinov maydonlari tashkil etiladigan bo’ldi.
Uchrashuv so’ngida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.