Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, yurtimizda buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanmoqda.

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman qatnashchilari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib, ulug‘ alloma haykali poyiga gullar qo‘ydi.

    Anjumanda AQSH, Rossiya, Xitoy, Kanada, Fransiya, Turkiya, Koreya, Eron kabi davlatlardan 40 ga yaqin olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    Xalqaro konferensiya Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Maxkamov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xusen To’xtayev, O‘zR FA Astronomiya instituti direktori, akademik Shuxrat Egamberdiyev, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati prezidenti Frederique Bressandlarning ma’ruzalari bilan ochildi…

    Anjuman davomida Mirzo Ulugʻbekning Ziji jadidi Ko’ragoniy hamda Toʻrt ulus tarixi nomli asarlari taqdimoti o’tkazildi.

    Tadbir Sharq astronomiyasida homiylik va homiylar hamda Mirzo Ulugʻbek davrida ilmiy va madaniy hayot kabi sho’balarga bo’lingan holda davom etdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.