Samarqand davlat universitetiga Germaniyaning Bamberg universiteti Sharqshunoslik instituti direktori, professor Kristof Verner boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

    Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov uchrashdi.

    Uchrashuvda hamkorlikda yangi loyihalarni ishga tushirish, universitet qo’lyozmalar fondi doirasida ilmiy ishlar olib borishga kelishildi. Professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, yozgi maktablar, xalqaro konferensiyalar tashkil qilish, stajirovkaga yuborish va o’quv materiallarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti Germaniyaning Bamberg universiteti bilan 1993-yilda hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Bugungi kunga qadar universitetning 10 dan ortiq professor-o’qituvchilari mazkur universitetda stajirovka o’tagan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.