Yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalar uchun “Start-up” loyihalar tanlovi e’lon qilindi

Samarqand davlat universitetida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini, amalga oshirayotgan loyihalarini xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishiga ko‘maklashish, talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Samarqand davlat universiteti “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida eng yaxshi “START-UP” loyihalari tanlovini e’lon qiladi.
Startap o‘zi nima? Startap ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, start-up – start olmoq yoki biror ishni boshlamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Bu endigina ochilgan yosh kompaniya, firmalar yoki loyihalar va noyob g‘oyalarni yaratishga aytiladi. Shuningdek, biror-bir mahsulotni sotish uchun investorlarni qiziqtirish va jalb qilish ham startapning asosiy maqsadidir.
Tanlovda universitetning 30 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari, magistrantlari va talabalari loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.
Taqdim etilgan loyihalar https://bit.ly/3Hf9pOp sahifasi orqali
2022 yil 11 iyundan 2022 yil 17 iyun soat 16-00 ga qadar elektron ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyiha mualliflari:
1-o‘rin – Televizor
2-o‘rin – Planshet
3-o‘rin – Telefon bilan taqdirlanadi.
Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Ma’lumot uchun:
Tel.: +99899-573-94-82 / +99894-684-40-96
Rasmiy sayt: www.samdu.uz