Samarqand davlat universitetining faxriy olimasi – Guljahon Ahmedova 60 yildan beri talabalarga fizika faning sir-asrorlarini o’rgatib keladi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat univeristeti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi dotsenti Guljahon Ahmedova universitetning faxriy olimalaridan. Yadro fizikasi mutaxassisligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari nomzodi. 60 yildan beri talabalarga “Yadro fizikasi”, “Atom fizikasi” kabi fanlardan dars berib keladi. Olimaning ilmiy faoliyati yadro fizikasi nazariyasi sohasida yuqori aniqlikdagi ilmiy natijalar olishda ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 10 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 200 ga yaqin maqolalar muallifi. Guljahon Ahmedova muallifligida yaratilgan “Atom fizikasi” o‘quv qo‘llanmasi respublika bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv qo‘llanmalar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respubikaning barcha oliy o‘quv yurtlarida atom fizikasi darslarida foydalanish uchun ommalashtirilgan. Olima uzoq yillar davomida atom va yadro fizikasi asoslarini o‘rganish natijasida olib borgan tadqiqot natijalari hali hanuz fizik olimlar orasida e’tirof etib kelinmoqda.
Iroda Bekmurodova
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.