Quyosh energiyasidan samarali foydalanish uchun nima qilish kerak?

Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti o’qituvchisi Sanjariddin Zoirov “Zol-gel texnalogiyasi usulida olingan silikat shishalarning fizik xossalarini tatqiq qilish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shuningdek, olim talabalarga Qattiq jismlar fizikasi, Elektr injenering, Amaliy elektronika fanlaridan dars berib kelmoqda. Bugungi qadar 18 dan ortiq respublika va xalqaro nashriyotlarda maqola hamda tezislari e’lon qilingan. Ilmiy rahbari fizika-matematika fanlari doktori, professor Eshquvvat Arziqulov.
- Zol-gel usulida olingan shishalardan elektronika sohasida qo’llaniladigan asboblarning to’lqin o’tkazish samaradorligini oshirish maqsadida qo’llash mumkin. Shuningdek, undan quyosh energiyasidan samarali foydalanish uchun quyosh materiallarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, zol-gel usulida olingan silikat o’g’it shishalardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining unumdorligini oshirish maqsadida foydalanish ham foydadan holi bo’lmaydi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.