Olimning so‘zlariga ko‘ra, u shogirdlari bilan birgalikda shu yilning oxiriga qadar SCOPUS va WEB OF SCIENCE jurnallarida 30 dan ortiq maqola chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor     Normurod Fayzullayev so‘nggi 6 oy ichida SCOPUS va WEB OF SCIENCE jurnallarida 9 maqola chiqardi. Olimning bugungi kunda 50 dan ortiq shogirdlari bo‘lib, ularning 5 nafari doktorlik (DSc), 8 nafari nomzodlik (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.

    - Prezidentimizning yuksak e’tibori tufayli so‘nggi 6 yilda o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat sezilarli darajada oshdi, - deydi Normurod Fayzullayev. - Oyliklar ko‘tarildi, ilmiy ishlar qadrlana boshladi. Doim shogirdlarimga har bir inson kechqurun men bugun nima qildim, deb o‘ziga savol berishi kerak, deya ta’kidlayman. O‘sha vaqti barchasini sarhisob qilib, ertangi kun uchun rejalar va maqsadlar tuzish kerakligini aytaman.  

    Ana shunda olib borilayotgan tadqiqotlar ham nomiga qilinmaydi. Odamlar o‘ylab, fikrlab o‘z sohasini rivojlantirish haqida o‘ylaydi. Ilmiy ishlar, dissertatsiyalar faqat nazariy bo‘lishining tarafdori emasman. Har bir tadqiqot bevosita amaliyot bog‘liq bo‘lishi, uning xalqimizga, fanga sezilarli hissasi bo‘lishi lozim. Hozir ilm bilan shug‘ullanaman, degan olimlarni Innovatsion rivojlanish vazirligi ham o‘z grantlari bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Agar har bir olim o‘zi mustaqil fanga yangilik olib kirsa, o‘z sohasini mukammal o‘rganib, shogirdlar yetishtirsagina bizda rivojlanish, o‘sish bo‘ladi.

 

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.