Samarqand davlat universitetiga Turkiya Respublikasining Kavkaz universitetlar uyushmasi raisi, professor Ramazon Qo‘rqmaz, Janubiy Texas universiteti rektori, professor Murad Tash, Kirshexir Axi Evran universiteti rektori, professor Vatan Karakaya, Yalova universiteti rektori, professor Mexmet Baxchekapililar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Delegatsiya a’zolarini Samarqand davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Hakim Xushvaqtovlar kutib oldi. Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar almashinuviga erishishdir.

    Dastlab delegatsiya a’zolariga Samarqand davlat universitetining xalqaro va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berildi.  Shuningdek, kelajakda kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

    - Yalova universiteti dunyo reytingida yuqori nufuzga ega. Bizning universitet asosan polimerlar kimyosi sohasiga ixtisoslashgan, - deydi Yalova universiteti rektori, professor Mexmet Baxchekapili. – Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik qilish bizni juda xursand qiladi. Bu borada doim hamkorlikka tayyormiz. Men o‘ylaymanki, ikkala universitet kimyogarlari birgalikda yuqori natijalarga erishadi.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov olgan suratlar.