Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Aleksandr Kukayev, professor Vladimir Venediktov hamda fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

    Samimiy muloqot davomida ikki universitet olimlari hamkorlikda turli ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama etilib, dastlabki rejalar tuzib olindi. Shuningdek, bitiruvchilar uchun Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti magistratura bosqichida ta’lim olish taklif etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.