Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Muxlisa Chutboyeva “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviyatini oshirishda bolalar adabiyotining o‘rni” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ushbu mavzuga oid bir qator maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Turkiya va Hindiston ilmiy nashrlarida o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Ilmiy rahbari boshlang‘ich ta’lim va texnologiya kafedrasi dotsenti Gulbahor Rahimova.

    – Bolalar adabiyoti deb turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan so‘z san’atidagi hayotiy, tarixiy, to‘qima voqeliklarni bolalarcha idrok ettiradigan asarlar majmuasiga aytiladi, - deydi Muxlisa Chutboyeva. - Bolalar adabiyoti yozuvchilari, mualliflari esa bolalar yozuvchisi yoki bolalar shoiri deyiladi. O‘zbek bolalar adabiyotining serqirra ijodkorlaridan biri Anvar Obidjondir. U o‘zining bolalar tasavvuriga, tafakkuriga mos asarlari bilan bolalar adabiyotining rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Anvar Obidjon hikoyalari bolalarning dunyoqarashlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib yozilgan. Shu sababli Anvar Obidjon barcha bolalar ko‘ngliga yo‘l topa oladi. Yozuvchi hikoyalarini o'qigan ota-onalar, katta yoshli insonlar ham o‘zlarini bolalar olamiga kirib qolgandek his qilishadi. Anvar Obidjon hikoyalarida bolani tarbiyalaydigan, zukkolikka chorlaydigan jihatlar nihoyatda ko‘p.  

    Bolalar ma’naviyatini oshirishda ertaklarning ahamiyati haqida ko‘p eshitganmiz. Ammo bolalar adabiyoti namunalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rnini ilmiy jihatdan o‘rganish masalaga yangicha yondashuv hisoblanadi.

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.