Samarqand davlat universitetiga Finlandiyaning Seinäjoki amaliy fanlar universiteti rektori Yakko Xallila boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad ikki tomonlama manfaatli  aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar almashinuviga erishishdir.

    Dastlab mehmonlarga Samarqand davlat universitetining xalqaro va ilmiy faoliyati, universitet tuzilmasi haqida ma’lumot berildi.  Shuningdek, kelgusida kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

    - Finlandiyaning Seinäjoki amaliy fanlar universitetida 4 ta fakultet bo‘lib, 4700 nafar talaba tahsil oladi, - deydi universitet rektori Yakko Xallila. -  Shuningdek, 13 bakalavr, 20 magistr mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Universitetimiz, asosan, iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, kichik tibbiyot xodimlarini tayyorlash, muhandislik ta’lim yo‘nalishlariga ixtisoslashgan...

    Eslatib o‘tamiz, delegatsiya a’zolarining Samarqand davlat universiteti bilan muzokaralari davom etadi. Bu haqida keyingi xabarlarimizda qo‘shimcha ma’lumot berib o‘tamiz.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat Akramov olgan suratlar.